Futbol

Dahshat! Taniqli tennischi «CR7» brendini Ronaldudan tortib olishi mumkin

156

Norvegiyalik tennischi Kasper Ruud ATP reytingida 7-o‘rinni egallaganidan so‘ng kutilmagan taklif bilan chiqdi.

Ruud futbol afsonasi Krishtianu Ronaldudan CR7 taxallusini olmoqchi.

«Ronalduga qo‘ng‘iroq qilishim kerak, chunki CR7 brendi hozir xavf ostida. Biz qandaydir muzokaralar olib borishimiz va qaysi birimiz undan foydalanishimiz mumkinligini aniqlashimiz kerakmi, bilmayman.

To‘g‘risini aytsam, barcha futbol uchrashuvlarini kuzatib bormayman. Men ashaddiy futbol ishqiboziga o‘xshamayman, lekin mening sevimli jamoam «Liverpul»dir, chunki 10 yoshimda men Liverpulga norvegiyalik yigit bilan o‘smirlar o‘rtasidagi turnirga borganman. Men birinchi marta o‘sha yerda chim ustida o‘ynaganman», – dedi Kasper Mayamidagi «Masters»dan keyingi matbuot anjumanida.

Fikr bildirish