Futbol

Del Pyero Ronalduning ayni damdagi saviyasi haqida fikr bildirdi

31

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pyero turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduning hozirgi saviyasi haqida gapirdi.

“O‘ylashimcha, Ronaldu faoliyatining bir bosqichiga kirdi, u endi o‘n yoki hatto besh yil oldin qilgan ishlarini bajara olmaydi. U hozirgi salohiyatiga moslashishi kerak.

U Allegri va klub bilan gaplashib, birgalikda klubda qolish yoki qolmasligini hal qilib olishi kerak”, – dedi Del Pyero.

Oldinroq, «Yuventus» Ronalduni Ikardiga almashtirishga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalayotgan edi.

Fikr bildirish