Tennis

Donna Vekich Kurmayyorni zabt etdi + FOTO

261

Courmayeur Ladies Open musobaqasining bosh sovrini xorvatiyalik tennis malikasi Donna Vekichga nasib etdi. Dunyoning 97-raketkasi bo’lib turgan Vekich 1 soatu 48 daqiqa davom etgan final uchrashuvida WTA reytingida 49-o’rinni egallab turgan daniyalik Klara Tausonni mag’lubiyatga uchratdi – 7/6(3), 6/2.

Vekich bahs davomida 11 ta eys 5 ta breykni amalga oshirdi, 6 bor qo’shxatoga yo’l qo’ydi. Klara esa 3 ta eys zarbani ijro etdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Kurmayyordagi muvaffaqiyatli ishtirok Vekichga 29,200 dollar hamda 280 reyting ochkosi keltirdi. Bu Donnaning mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi uchinchi sovrin bo’ldi.

Fikr bildirish