Tennis

Dunyoning 70-raketkasi Luxembourg Open bosh sovrini sohibasi

16

Musobaqaning final uchrashuvida WTA reytingida 70-pog’onadan joy olib turgan daniyalik Klara Tauson dunyoning 30-raketkasi, latviyalik Elena Ostapenkoni 6/3, 4/6. 6/4 hisoblarida mag’lub etib, bosh sovrin sohibasiga aylandi. Bu uning joriy mavsumdagi ikkinchi sovrini bo’ldi.

Ikki soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda Klara 8 ta, Elena 2 ta eys zarbasini ijro etdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. BGL BNP Paribas Luxembourg Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Tausonga 23,548 evro mukofot puli hamda 250 reytinga ochkosini taqdim etdi.

Fikr bildirish