Tennis

Elena Ostapenko Istburnni zabt etdi

400

Sayyoramizning 43-raketkasi bo’lib turgan Ostapenko bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida WTA reytingida 27-pog’onada borayotgan estoniyalik Anett Kontaveytni 6/3, 6/3 hisoblarida mag’lubiyatga uchratdi. Tennischilarning shu kungacha o’tkazilgan har ikki bahsida ham Elena zafar quchgan. 

Oltmish besh daqiqa davom etgan finalda 24 yoshli Ostapenko 1 ta, 25 yashar Kontaveyt esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Viking International Eastbourne turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Elena Ostapenkoga 470 reyting ochkosi hamda 68,570 dollar mukofot puli keltirdi. 

Fikr bildirish