Boks/MMA

Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyra va davogar Jastin Getji o’rtasidagi jang qachon va qaerda bo’lishi tasdiqlandi.

364

CHempionlik jangi 7 may kuni UFC 274 kechasida bo’lib o’tadi. Oqshom Toshkent vaqti bilan 8 may tongida AQSHning Finiks shahridagi “Futprint-Centr” stadionida o’tkaziladi. Bahs kechaning markaziy jangi bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, Oliveyra o’tgan yilning dekabrida Dastin Poreni uchinchi raundda mag’lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini himoya qilgan bo’lsa, Getji noyabr oyida Maykl CHendlerdan ochkolar hisobiga ko’ra ustun kelgandi.

Fikr bildirish