Toni rossiyalikka “The Ultimate Fighter” teleloyihasida birgalikda qatnashish va bir necha yillik adovatga nuqta qo’yish taklifini bergandi. Fergyuson tomonidan ko’rsatuv yakunida qo’l berib ko’rishish va bu bilan gina kudratni unutish aytilgan edi.
“Toni, menga sening TUF bo’yicha g’oyang maqul keldi. Xo’jayinlaringga qo’ng’iroq qil, ular menga taklif bilan chiqishsin. Agar ularda tayinda g’oya bo’lmasa, meni o’zim Eagle Fight Club platformasi misolida taklif beraman. Bu erda biz qandaydir biznes qilyapmiz”, – deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqadi javob qaytargan Nurmagomedov.
Eslatib o’tamiz, UFC matchmeykerlari Nurmagomedov va Fergyuson o’rtasida jang o’tkazish uchun besh marotaba urinib ko’rishgan. Ammo, har safar bu urinish barbod bo’lgan edi. Ikki bor Xabib, ikki marotaba Toni sabab jang bekor qilingandi. Beshinchi urinishga esa koronavirus pandemiyasi halal berib qolgan edi.