Futbol

Ertaga, 18 may kuni o’zbek futboli afsonalari A Seriya yulduzlariga qarshi maydonga tushadi.

25



Ertaga, 18 may kuni o'zbek futboli afsonalari A Seriya yulduzlariga qarshi maydonga tushadi.

“SHomurodov “Roma”da futbolchi sifatida o’sadi”. Jahon chempioni Kristian Zakkardo – Toshkent, o’zbek futboli va yulduzlar o’yini haqida

Teglar : 
Kristian Zakkardo RomaEldor SHomurodovNikolay Egorichev
Ertaga, 18 may kuni o’zbek futboli afsonalari A Seriya yulduzlariga qarshi maydonga tushadi.

O’yin arafasida Nikolay Egorichev, Championat.asia sayti uchun maxsus Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo’lgan Kristian Zakkardo bilan suhbatlashdi. U "Parma", "Palermo", "Milan" va "Volfsburg"dagi o’yinlari bilan tanilgan.

– Kristian, avvalo Toshkentga xush kelibsiz. Parvoz qanday o’tdi?

– Rahmat! Hammasi juda yaxshi o’tdi. Men, o’z navbatida, BMB Trade Group rahbariyati va O’zbekiston futbol Assosiaciyasiga shunday tadbirni tashkil etganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ertaga, 18 may kuni o'zbek futboli afsonalari A Seriya yulduzlariga qarshi maydonga tushadi.


– SHaharni ko’rishga ulgurdingizmi?

– Toshkentga bugun uchib keldim, bu mening ilk tashrifim, umuman olganda, faqat mehmonxonadan turib shaharni ko’rdim xolos. Keyinroq tashkilotchilar bilan birgalikda o’yin bo’lib o’tadigan stadionga tashrif buyurdik va bir qancha futbol akademiyalariga bordik. Umid qilamanki, Toshkentni ko’rishga hali vaqtim bo’ladi – bu jadal suratlarda rivojlanayotgan shahar ekanligi aniq.

– Bo’lajak o’yin haqida qanday fikrdasiz?

– Faqat ijobiy hissiyotlar. Eng avvalo, stadion to’lib-toshishiga umid qilaman – bu, birinchi navbatda, mahalliy futbol muxlislari uchun katta voqea. Umid qilamanki, har ikki jamoa ham yuqori saviyada o’yin ko’rsatadi.

– Xabaringiz bo’lsa kerak, o’zbekistonlik hujumchi Eldor SHomurodov hozir Italiyada to’p tepmoqda. U haqida qanday fikrdasiz va uning o’yiniga qanday baho bera olasiz?

– Ha, albatta, men uni bilaman. O’tgan yili u "Jenoa"da juda yaxshi o’ynadi va kuchliroq klubda o’zini sinab ko’rish imkoniyatini qo’lga kiritdi. Ammo hozir "Roma"da raqobat kuchli va shu bois SHomurodovga biroz qiyin bo’lmoqda. SHu bilan birga u o’z ishini juda yaxshi bajarmoqda, doim jamoasiga yordam berishga harakat qiladi – masalan, yaqinda muhim gol urdi (“Veneciya” darvozasiga). Menimcha, u Italiyaga yaxshi moslashdi va A Seriya klublari ko’rsatayotgan futbolga mos keladi. Albatta, “Jenoa”da unga biroz osonroq edi, lekin “Roma”da u futbolchi sifatida o’sadi.

Ertaga, 18 may kuni o'zbek futboli afsonalari A Seriya yulduzlariga qarshi maydonga tushadi.

Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Fikr bildirish