Boks/MMA

Filippinlik eng mashhur inson prezidentlik saylovlarida qanday qilib mag’lub bo’ldi?

48

O’z vaqtida eng buyuk bokschilardan biri bo’lgan Menni Pakyao vatanidagi prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyatsizlikga uchradi. Takidlash kerakki, bir necha yillar avval ham u hech qanday shubhalarsiz prezidentlik uchun favorit edi. Garchi rasmiy natijalar oy oxirida elon qilinsada, Pakyao allaqachon yutqazib bo’lgan. “Bokschi va sportchi singari mag’lubiyatni qabul qilaman. Umid qilamanki, agar bu jangda mag’lub bo’lsam ham, mag’lubiyatni boshdan kechiradigan saylovchilarim vaqti kelib, baribir g’alaba qozonishadi”.

Hisob-kitoblarga ko’ra, Pakyao 98,32% ovozdan, atigi 6,86%ini jamg’ara olgan. Menni prezident bo’lishi uchun 3,6 mln Filippin fuqarosi ovoz bergan. Saylovda Bongbong Markos 31,1 mln ovoz bilan g’olib bo’lgan. Prezidentlik uchun 10 nafar nomzod ichida Pakyao yiqqan ovozlar uchinchi o’rinda. Lekin siyosatda ham huddi boksdagi singari faqatgina birinchi bo’lish muhim.

Ringda tengsiz bo’lgan Menni bu jangda qanday qilib mag’lub bo’ldi?

Eng muhim jihatlardan biri, Menni Pakyao ringda o’zini bosib ololgan, uning qobiliyati strategiyada bo’lgan — kuchini tejay olgan, jangning borishini keskin o’zgartira olgan, raqibining zaif nuqtalaridan foydalana olgan. U tezligi, nokaut qiluvchi zarbalari yordamida sakkizta vazn toifasida chempionlik kamarini qo’lga kiritgan.

Biroq, katta siyosatdagi chempionlik jangida, strategik fikrlar Pakyaoning zaif nuqtalaridan biri bo’ldi — aynan shu jihat Mennining prezidentlik kursisiga o’tirishiga halaqit qildi, garchi bir necha yillar avval uning saylovlarda g’alaba qozonishi taxmin qilingan bo’lsada.

Pakyao siyosatga kirib kelganiga 15 yil bo’ldi. U o’ziga kambag’allar senatoridek qaraydi

Pakyaoning mag’lubiyatini siyosiy tajriba bilan o’lchamaslik kerak — uning Filippin siyosatida deyarli 15 yillik tajribasi mavjud va Menni ilk bor saylovlarda qatnashayotgani yo’q. 2010 yilda u Kongress saylovlarida g’olib bo’lgan (Filippin parlamentining quyi palatasi) va mamlakat janubidagi Sarangani provinciyasi deputatiga aylangan. U raqibi, shu hududda 30 yildan ortiqroq vaqt davomida ishlab kelgan CHiangbian urug’i vakiliga qaraganda ko’proq ovoz to’playdi. To’rt yildan so’ng bo’lib o’tgan saylovlarda ham aynan boks yulduzi yana g’alaba qozonadi.

Pakyao o’zining saylov dasturini keltirib o’tadi: u kambag’al va huquqdan mahrum filippinliklarni qo’llab-quvvatlashni oldiga maqsad qilib oladi. “Filippinga haqiqatan ham kambag’allarga yordam berishni xohlaydigan rahbar kerak”, – deydi Pakyao kampaniya davomida. “Men o’zim hech kim edim, bu odamlarning his-tuyg’ularini juda yaxshi bilaman”.

Menni 12 yoshligida, otasi tashlab ketgan bir paytda, maktabga borishni to’xtatadi, onaga esa bir vaqtning o’zida olti bolani boqish oson emasdi, shu sabab Pakyao ishlay boshlaydi. 14 yoshligida u Filippin poytaxti — Manilaga borib, qurilish ishlarida o’zini sinaydi, ochlikdan aziyat cheksada, ishlab topgan barcha pullarini onasiga beradi. SHu bilan birga, bir vaqtning o’zida Menni bobosining mashg’ulotlar zalida boks bilan shug’ullanib, tajribali bokschilarga qarshi jang qiladi — bu ham pul ishlashning bir yo’li edi.

“Yoshiligimdayoq jangchiga aylangan edim, sababi omon qolishim kerak edi. Boshqa hech qanday imkonim yo’q edi. Suyanadigan hech kimim yo’q edi, o’zimdan boshqa. Menga boksda yaxshiroq bo’lishini tushunib etdim va oilam, hayotimni saqlab qolish uchun qattiqroq shug’ullandim”, – deya o’z avtobiografiyasini yozadi Menni Pakyao.

Filippinlik eng mashhur inson prezidentlik saylovlarida qanday qilib mag'lub bo'ldi?

Filippinlik millionlab kambag’allar uchun Pakyao haqiqiy umid belgisiga aylandi, hatto jamiyatning quyi qatlami uchun ham olg’a siljish, buyuk va mashhur bo’lish uchun imkon bor edi.

Kongressda Menni o’zini ko’rsata olmaydi, parlamentning uchrashuvlarini juda ko’p o’tkazib yuboradi. Axir uning siyosiy faoliyati sportdagi faoliyatiga halaqit qilardi — u yangi vazn toifalarida chempionlik kamarlarini yutishda davom etardi. Lekin bu uning mamlakatdagi obro’siga hech qanday tasir o’tkazmadi. 2016 yilda u Senatda faoliyat boshlashga qaror qildi, Menni bu safargi siyosiy g’alabasini qiyinchiliklarsiz qo’lga kiritdi, bokschi uchun 16 million saylovchi ovoz bergan edi.

Pakyao prezident Dutertening “vorisi” edi. Uni “jallod”, “Putinning do’sti” deb atashardi

Senator Pakyaoning faoliyati siyosatchi Rodrigo Dutertening 2016 yilda Filippin prezidenti bo’lganidan so’ng sezilarli darajada yuqorilaydi. Uning g’alabasi sensacion tarzda qo’lga kiritilgan edi — saylovdan avval sociologlar Mennini favoritlar qatoriga ham qo’shmagan edi.

Prezident Dutertega keladigan bo’lsak, u Filippin janubida joylashgan Minandao orolidagi eng katta megapolis — Davao shahrida 22 yil mer bo’lib xizmat qiladi. Pakyao esa uning hamshahari edi.

Mennining prezidentlik kompaniyasida asosiy mavzu bu — narkomafiyalarga qarshi kurash edi. AQSH narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi malumotlariga ko’ra, Filippin 2016 yilda metafomin ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi eng yirik markazlardan biriga aylangan. Uning ishlab chiqarishi yiliga 8,4 mlrd dollar deb baholangan.

Sintetik narkotikni ishlab chiqarish va tarqatishda o’n minglab filippinliklar qatnashgan, narkomafiyalar ortida esa federal kuchlar turar edi. Qo’shimchasiga, geografik joylashuv tufayli, filippinlik narkobiznesmenlarda katta narkotik partiyalarini butun dunyoga chiqarish imkoni bor edi.

Pakyaoning Xitoyga hujumi kechirilmadi. Ag’darilgan diktator Markosning o’g’li prezidentlik saylovlarida g’olib bo’ldi

Filippinlik eng mashhur inson prezidentlik saylovlarida qanday qilib mag'lub bo'ldi?
Pakyao 2021 yil may oyida o’z intervyusida, Dutertening bergan vadalarini bajarmaginini aytdi. Gap Filippin, Xitoy va boshqa davlatlar atrofidagi Parasel va Spartli orollari haqida ketayotgandi. Bu arxipelaglar Janubiy Xitoy hududida qad rostlagan bo’lib, u erda hech kim istiqomat qilmas edi.

Orollar ikkinchi jahon urushidan so’ng bahsli bo’lib qoldi, biroq ular uchun haqiqiy kurash 1990 yillarda, georazvedkalarning ushbu arxipelaglar hududida neft va gazning yirik zaxirasi mavjudligini aniqlaganidan so’ng boshlanadi.

Xitoy milliy neft korporaciyasi (CNOOC) hisob-kitoblariga ko’ra, hududda 125 mlrd barrel neft, 14 trln kub.metr gaz zahirasi mavjud edi. Bu resurslar xitoyliklarni 33 yil “boqardi”.

Boshqa mamlakatlar halqaro tashkilotlar va sudlarning qoidalariga bo’ysunayotgan bo’lsada, Xitoy orollarning katta qismini shunchaki egallab olgan, ular maydonni kengaytirib, undan harbiy aviaciya maqsadida foydalanmoqda, orollar atrofida harbiy kemalar kezib yurishni boshlagan.

Duterte ilk marta prezidentlik uchun nomzodini qo’yganida, Filippin qoidalariga ko’ra orollarni qaytib olishni va shaxsan mamlakat bayrog’ini o’rnatish uchun borishini vada qilgandi.

Vadalar amalga oshmadi, Duterte esa yirik masshtabli milliy loyihalarni amalga oshirish uchun kredit olish maqsadida Xitoyga yaqinlashadi. Pakyao bunga shikoyat bildirdi, Duterte esa bunga javoban Menniga xalqaro darajadagi siyosatni tushunishga hali juda yosh ekanini aytadi. Menni uzr so’raydi.

Ringda bo’lgani kabi, Pakyao sobiq raqibiga qarshi hujumga o’tadi: “Ayni paytdagi rahbariyat korrupciya botqog’iga “botgan”. Ammo Menni Pakyao buni qanday tozalashni biladi”.

Filippinlik eng mashhur inson prezidentlik saylovlarida qanday qilib mag'lub bo'ldi?

Bu munosabatlarni uzish uchun qadam edi. “Sen bola shuncha yil ichida nima qilding?. Biz ancha gaplashdik va sen menga hech qachon korrupciya haqida gapirmagansan, faqat rahbariyat va kursimizni maqtagansan. Boshladingmi, endi to’xtama, aniq dalillarni keltir, agar bo’lsa”, – deya asabiylashgandi Duterte.

Filippindagi prezidentlik saylovlarini kuzatgan siyosatshunoslar bu xatoning Menni uchun halokatli bo’lganiga ishonishadi. U mashhurligining o’zi g’alaba qozonish uchun etarli ekanligiga ishondi, raqiblarining kuchiga kam baho berdi. Natijalar elon qilingan paytda uning reytingi 11% ni tashkil etdi – bu boshqa nomzodlardan yuqori edi.

Ammo Duterteda saylov uchun hali bir yil bor edi, bu vaqt kuchlar muvozanatini tubdan o’zgartirish uchun etarli edi. U vice-prezidentlikka nomzodini qo’ymadi, uning o’rniga qizi Sara tayinlandi. Asosiy etibor 1986 yilda hokimiyatdan ag’darilgan Filippin diktatori Ferdinand Markosning 64 yoshli o’g’li Bongbong Markosga qaratilgan edi.

Ferdinand Markos Filippinni 21 yil davomida boshqargan. Uning hukmronligi shafqatsiz siyosiy repressiya va ulkan korrupciya davri sifatida tarixga kirgan. U muxoliflarni o’ldirib, qamoqqa tashlagan, Konstituciyani bekor qilgan, byudjetni talon-taroj qilgan, o’z firmalarga pul tarqatgan.

U armiya va policiya tomonidan qo’llab-quvvatlangan ommaviy xalq qo’zg’olonlari natijasida hokimiyatni yo’qotgan. Inqilobdan oldin saylovlar bo’lib o’tgan, unda huquq himoyachisi Benigno Akino Markosning asosiy raqibiga aylanishi kutilgan edi. U umrining 8 yilini Filippin qamoqxonasida o’tkazgan, ozodlikka chiqqandan so’ng AQSHga ketgan, ammo diktator bilan raqobatlashish uchun qaytishga qaror qilgan. Biroq, Aqino Manila aeroportiga etib kelganida o’ldirilgan.

O’ldirilgan Akinoning nomzodlar ro’yxatidagi o’rnini siyosiy tajribaga ega bo’lmagan rafiqasi Korazon Akino egalladi. Saylov kechasi komissiya Markosning g’alabasini elon qilgan, shundan so’ng poytaxtda tartibsizliklar boshlangan – barcha so’rovlar Akinoning ishonchli g’alabasini ko’rsatgan. Markos policiya va armiya yordamida norozilik namoyishlarini bostirishga harakat qiladi, biroq ular ham xalq tomoniga o’tishadi. Diktator va uning oilasi, jumladan o’g’li, Filippinning bo’lajak prezidenti Gavayi orollariga qochib ketadi va 1989 yil, vafotigacha shu erda yashaydi.

Filippin Oliy sudining hisob-kitoblariga ko’ra, Ferdinand Markos o’zining 20 yillik boshqaruvi davomida byudjetdan taxminan 10 milliard dollar o’g’irlagan. Ushbu pulning bir qismi – taxminan 3,7 milliard dollarni – Filippin hukumati qaytarishga muvaffaq bo’ldi, ammo ishlarning aksariyati sudda qolib ketdi – Markos aktivlar va nomzodlar hisoblarini ro’yxatdan o’tkazgan.

Uning merosxo’rlari hokimiyatga qaytishni rejalashtirmaganga o’xshaydi. Vaholanki, prezident Rodrigo Duterte o’z faoliyati davomida diktatorni qaytarish uchun ko’p ishlarni amalga oshirdi. Davlat ommaviy axborot vositalari kuchli hukmdor qiyofasini yaratdi, uning ostida tartib hukmronlik qildi, iqtisodiyot rivojlandi. Qotilliklar va o’g’irliklar haqidagi malumotlar AQSHda ishlayotgan siyosiy raqiblar tomonidan tarqatilgan sohta malumotlar deb topildi. Bir necha yil avval Duterte Markosning jasadini shaxsiy maqbaradan Manilaga ko’chirishga va diktatorni mamlakatning taniqli fuqarolari uchun imtiyozli qabriston – Qahramonlar xiyoboniga tantanali ravishda dafn etishga qaror qilgan edi.

Uning o’g’li Bongbong prezidentlik poygasida qatnashib, otasi haqidagi afsonani yoshlar orasida mashhur bo’lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali targ’ib qilishga harakat qildi. Filippin saylovchilarining aksariyati Markos diktaturasi ag’darilganidan keyin tug’ilgan va uning rejimi ostida sodir bo’lgan voqealarning guvohi bo’lmagan. Odamlar Bongbong tomonidan katta pul olgan mashhur bloggerlarga bajonidil ishonishdi.

Filippinlik eng mashhur inson prezidentlik saylovlarida qanday qilib mag'lub bo'ldi?
Bongbong Markos – Filippinning bo’lajak prezidenti

Pakyao mag’lub bo’lmasligiga ishondi. Saylovga bir hafta qolganida ham, ijtimoiy so’rovlar uni qo’llab-quvvatlash darajasini 6% gina ko’rsatganida ham, u g’alaba qozonishiga ishonchi komil ekanligini aytishda davom etdi. “Ringda men hech qachon sochiq tashlamaganman va hozir ham bu ishni qilmayman”, dedi u. Bu so’rovlarning barchasi shunchaki bemanilik. Ular Manilaning hurmatga sazovor qismida minglab odamlardan intervyu oldilar va buni butun mamlakatning fikri sifatida qabul qilishdi. Ammo bu sociologlar janubning tashlandiq, kambag’allar yashaydigan qishloqlariga etib bormadi. Va ularning millionlab ovozlari bor. Hammasi men uchun”.

Ammo haqiqat Menni foydasiga emas edi: u asosiy siyosiy jangda yutqazdi. Uning uchun ushbu ringdagi navbatdagi titul jangi endi olti yildan keyin bo’lib o’tadi. Bu orada u boksga qaytishi ham mumkin. World Boxing News o’z manbalariga tayanib, vaqtining salmoqli qismini saylov kampaniyasiga sarflagan Pakyao 2022 yil avgustida Las-Vegasda boksga qaytishi mumkinligini yozmoqda. Unga WBA va IBF yo’nalishlari bo’yicha jahon chempioni Errol Spens yoki WBO kamari sohibi Terens Krouford raqiblik qilishi kutilmoqda.

Buyuk chempion oxirgi marta 2021 yil avgustida prezidentlikka nomzod sifatida, Las-Vegasda, kubalik Yordenis Ugasga qarshi WBA kamari uchun 12 raundlik jang o’tkazgan. Bukmekerlar va ekspertlar Pakyaoni favorit deb hisoblashgan, ammo ringda ikki yillik pauza uning formasiga tasir qilgani malum bo’ldi. Jangda kubalik bokschining qo’li baland keladi. Biz o’sha kuni har doim ko’rgan Mennini ko’ra olmadik. Bunga qaysidir manoda bokschining yoshi ham o’z tasirini o’tkazgandek.

Sports.ru sayti asosida Diyor Mavlonov tayyorladi

Fikr bildirish