Istedodli tennischimiz Sergey Fomin ana shu sukunatni buzdi. U bugun Qozog’istonning CHimkent shahrida yakuniga etgan “Shymkent II Challenger 80” turniri g’olibiga aylandi. Fomin musobaqadagi ishtirokini saralash bahslaridan boshlaganiga qaramay, yakunda tengsiz bo’ldi.
Bugun 21 yoshli tennischimiz bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida dunyoning sobiq 33-raketkasi, hozirda ATP reytingida 324-pog’onadan joy olib turgan niderlandiyalik Robin Xaasni 7/6(4), 6/3 hisobida mag’lub etishning uddasidan chiqdi.
ATP reytingida 838-o’rinni egallab turgan Sergey Fomin “Shymkent II Challenger 80” turniridagi ishtirokidan 7 200 AQSH dollari hamda qimmatli 80 reyting ochkosini o’z hisobiga qo’shib qo’ydi. Finalchi Tommi Xaas esa 4 240 dollar hamda 50 reyting ochkosiga ega bo’ldi.
Taqqoslash uchun, faoliyati davomida ATP tasnifiga kiruvchi turnirlarning ikkitasida bosh sovrin sohibiga aylangan 35 yoshli Robin shu kungacha 7 mln 743 ming 809 dollar ishlab topgan.