Bosh sahifaFutbolGap shundaki, 2018 yilgi Osiyo chempionati natijalariga ko’ra, O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo’lib o’tgan saralash o’yinlarida omadsizlikka uchrab, qita chempionatiga yo’l ololmagan.
Gap shundaki, 2018 yilgi Osiyo chempionati natijalariga ko’ra, O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo’lib o’tgan saralash o’yinlarida omadsizlikka uchrab, qita chempionatiga yo’l ololmagan.
OFK U-17 va U-20 o’rtasidagi musobaqalarni endi G’arb va SHarqqa bo’lmaydi, bu O’zbekiston U-17 ishini qiyinlashtiradi
Teglar : O’zbekiston U-17O’zbekiston U-20
Gap shundaki, 2018 yilgi Osiyo chempionati natijalariga ko’ra, O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo’lib o’tgan saralash o’yinlarida omadsizlikka uchrab, qita chempionatiga yo’l ololmagan.
Bu esa reytingimizga keskin tasir qilgan. Eski tizim amalda qo’llanilganda biz hozirgisi kabi ikkinchi savatchada bo’lar edik va raqiblarimiz nisbatan engilroq bo’lardi. Bular, Tojikiston, Ummon, Hindiston, Eron, Yaman va Iroq. Endi esa ularning qatoriga Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Indoneziya, Tailand va o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionatlarining muntazam ishtirokchisi KXDR qo’shildi. Kamiga biz endi saralash o’yinlari uchun guruh mezbonligini qo’lga kiritmasak, SHarq tomon parvoz qilishimiz kerak bo’ladi. 11ta saralash guruhlaridan faqat bitta jamoa to’g’ridan-to’g’ri chiqsa, bor yo’g’i 4ta eng yaxshi ikkinchi o’rin sohibi musobaqaga yo’l oladi.
Bugungi kunda O’zbekiston o’smirlar terma jamoasiga bo’layotgan munosabatni olsangiz, Osiyo chempionatiga chiqa olmaydigan holatda ekanligini ko’ramiz. Buni payqaganligi uchun yoki boshqa sabab Server Jeparov ham issig’ida o’z vazifasini topshirib qo’ya qoldi.
Kuni kecha "Lokomotiv" jamoasi O’zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. Qiziq malumotga ega bo’ldim va so’nggi yillarda O’zbekiston yoshlar hamda o’smirlar terma jamoalarining natijalari nima uchun bu qadar pasayib ketkanligiga javob topdim. O’smirlar va yoshlar terma jamoalarining bosh murabbiyidan tashqari xodimlar ishlagan kuni uchun 120 000 so’mdan pul olarkanlar. Siz O’zbekiston o’smirlar yoki yoshlar terma jamoasining ustozisiz va bir oyda 10 kunlik yig’in tashkil qilinsa 1.200 000 so’m maosh olasiz. Endi tushunib etdim, nima uchun bizda yoshlar murabbiylari boshqa klublarda ham faoliyat olib borishlarini. Bir yilda nari borsa 8 marotaba yig’in bo’ldi deylik, 1 yil ichida kissangizga 9.600 000 so’m tushadi . Bu O’FAning bir nafar xodimining, bir oylik maoshi bo’lsa kerak.
Mavzuga qaytadigan bo’lsam, 3-savatchada Singapur, Suriya, Qatar va Qirg’iziston kabi jamoalar bor. Qirg’iziston bilan yaqinda 2:2 hisobida durang o’ynaganligimizni inobatga olsa, ular ham havotirga solishlari mumkin. Suriya va Qatar, so’nggi savatchadagi Quvayt (sankciyadan chiqdi) jamoalar bu yoshda hamisha kuchli bo’lganlar.
Bu hali hammasi emas, Osiyo chempionatining saralash o’yinlariga 7 oy qoldi, bizda esa terma jamoa bosh murabbiyi o’rni bo’sh. Yangi murabbiy futbolchilar bilan tanishib olguniga qadar, saralash o’yinlari ham yaqinlashib qolishi aniq.
So’nggi natijalarga qaraganda biz quyidagi savatchalarni ko’ramiz: 1-savatcha 1. Yaponiya 2. Tojikiston 3. Janubiy Koreya 4. Avstraliya 5. KXDR 6. Indoneziya 7. Ummon 8. Hindiston 9. Eron 10. Yaman 11. Tailand
2-savatcha 12. Iroq 13. Malayziya 14. Ioradiya 15. Vetnam 16. Afg’oniston 17. Saudiya Arabistoni 18. Bangladesh 19. Xitoy 20. Gonkong 21. Bruney 22. O’zbekiston
3-savatcha 23. Myanma 24. Qirg’iziston 25. Timor Leste 26. Qatar 27. Falastin 28. Kambodjia 29. Suriya 30. Singapur 31. Xitoy Taypei 32. Nepal 33. Bahrayn (mezbon)
Bu nima deb turganlar uchun misol tariqasida ikki xil ko’rinishda qurani taxmin qilamiz. SHunday bo’lishi ham mumkin: Yaponiya, O’zbekiston, Qatar, Quvayt. Bunday bo’lishi ham mumkin: Yaman, O’zbekiston, Bruney, Laos