Futbol

Grizman ketadigan bo‘lsa, «Barsa» uning barcha pullarini qaytaradi

240

Kataloniyaning «Barselona» klubi Antuan Grizmanni transfer qilishdan oldin futbolchiga qarzlarini qaytaradi, deb xaba bermoqda insayderi Aleks Silvestri Twitter sahifasida.

30 yoshli futbolchi koronavirus pandemiyasi davrida 40 foiz maoshidan voz kechgan. O‘sha paytdagi kelishuv bo‘yicha, agarda fransuz futbolchisi boshqa jamoaga o‘tgan taqdirda pullarni qaytarib olishi aytib o‘tilgan. «Barselona» rahbariyati ushbu kelishuvni buzmaydi va futbolchiga pullarini qaytarib beradi.

 Grizmanga ayni paytda «Atletiko», «Chelsi» va «PSJ» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Antuan 2020/21 yilgi mavsumda «ko‘kanorranglilar» safida 36 o‘yinda maydonda tushib, 13 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikr bildirish