Futbol

Hakamlar bitta o’yin uchun qancha oladi?

198

Xususan, umrida biror marta 90 daqiqalik futbol bahsini to’liq tomosha qilmagan kishi ham unda alanayotgan raqamlarga befarq emas. Stadion tashqarisidagilarni o’ylagan “Championat.asia” har doim uning ichidagi “sekret”larni ommaga oshkor qilish harakatida bo’lgan. Bugun ham yashil maydondagi eng kuchli figura — referilarning daromadlari to’g’risida malumot beramiz.

Ayni paytda Superliga uchrashuvlarida ishlaydigan bosh hakam bitta o’yin uchun 6 mln so’m miqdorida gonorar oladi. Uning yordamchilari esa 3 baravar kamroq mablag’ga ega bo’lishadi.

Malumot uchun, shu yilning 23 martida o’zbek referilarining daromadi haqida yozgandik. O’shanda bosh hakamning 90 daqiqalik mehnati uchun 3,5 mln so’m to’lanishi aytilgan. CHempionatimizning 2020 yilgi mavsumida bu raqam 3 mln.ni tashkil qilardi. 1 yil ichida referilar gonorarining karrasiga ko’payishi tahsinga sazovor, albatta. Rahbarlar kelasi yildan “layncmen”lar daromadini ham oshirishni reja qilmoqda.

SHuningdek, o’zbek referilari muntazam ravishda xalqaro o’yinlarda ham ishlab kelishmoqda. Ammo FIFA va OFKning hakamlarga haq to’lash shakli biroz farqli. Ular gonorarni o’yin uchun emas, kunlik to’laydi (sutochnyy). Xalqaro uchrashuvda ishlaydigan hakam o’yindan 2 kun oldin o’sha shaharga etib kelishi kerak. O’yin kuni va uning ertasi uchun ham gonorar yoziladi. Yani umumiy 4 kun bo’ladi.

Hakamlar bitta o'yin uchun qancha oladi?

OFKning “sutochnyy” to’lovi bosh hakam va uning yordamchilariga 300$, komissar hamda inspektor uchun 200$ ga teng.

FIFAda esa raqamlar biroz ko’tariladi:

Bosh hakam — 500$;

Yordamchi hakamlar — 350$;

Komissar va inspektor — 250$.

Aniqroq qilib aytsak, FIFA musobaqasidagi 1 o’yinni boshqarganligi uchun referiga odatda 2000$, OFK darajasidagi uchrashuvlar uchun 1200$ to’lanadi.

Hakamlar bitta o'yin uchun qancha oladi?

Ushbu material tayyorlanishida amaliy ko’mak bergan Erkin Baxtiyorovga (hakamlar departamenti rahbari) saytimiz jamoasi va o’quvchilari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Fikr bildirish