Futbol

Hakimining Messi va Neymarga aytar so‘zi bor

331

Kecha, 25 yanvar kuni Afrika Millatlar kubogi 1/8 final uchrashuvida Marokash terma jamoasi Malavi terma jamoasi bilan uchrashdi. O‘yin Yaunde (Kamerun) shahridagi “Omnispors Ahmadu Aijo” stadionida bo‘lib o‘tdi va Marokash jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

70-daqiqada marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi jarima zarbasini aniq amalga oshirib, g‘alaba to‘pini kiritdi. Bungacha u Gabon bilan o‘yinda standartdan gol urgandi. Malavi bilan o‘yindan so‘ng “PSJ” futbolchisidan Parij klubida jarima zarbalarini ham tepishini so‘rashdi.

“Bu qiyin bo‘ladi. Lekin men Leo va Neymar bilan gaplashishga harakat qilaman”, – deya tabassum bilan javob berdi Hakimi, Le Parisien nashriga.

Marokash terma jamoasi Afrika Millatlar kubogi chorak finalida bugun, 26 yanvar kuni o‘z uchrashuvini o‘tkazadigan Kot-d’Ivuar – Misr juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Fikr bildirish