Tennis

Iga Svyontek Rimni zabt etdi + FOTO

354

Dunyoning 15-raketkasi bo’lib turgan Iga Svyontek bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida WTA reytingida 9-pog’onadan joy olgan chexiyalik Karolina Plishkovaga bitta ham geymni yutib olish imkoniyatini bermadi – 6/0, 6/0. 

Bor yo’g’i 46 daqiqa davom etgan bahsda 19 yoshli Svyontek bitta eys, 6 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. To’pni o’yinga kiritishda xatoga yo’l qo’ymadi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. 

Internazionali BNL d’Italia turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Iga Svyontekka 900 reyting ochkosi hamda 178,630 evro mukofot pulini taqdim etdi.

Fikr bildirish