Tennis

Ilya Ivashka faoliyatidagi ilk sovrinini qo’lga kiritdi

226

Dunyoning 63-raketkasi bo’lib turgan Ilya Ivashka bosh sovrin uchun kechgan bahsda reytingda 90-pog’onadan joy olgan shveciyalik Mikael Imerni ortiqcha qiyinchiliksiz mag’lub etdi – 6/0, 6/2. 

Bor yo’g’i 55 daqiqa davom etgan bahsda 27 yoshli Ivashka 4 ta, 22 yashar Imer esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi – 1:1. Winston-Salem Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Ivashkaga 250 reyting ochkosi hamda 96,505 dollar taqdim etdi.

Fikr bildirish