Futbol

Ispaniya chempionati 5-turining so’nggi o’yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

11



Ispaniya chempionati 5-turining so'nggi o'yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

La Liga. “Barselona” so’nggi daqiqalarda gol urib, mag’lubiyatdan qutulib qoldi

Teglar : 
matnli translyaciya“Granada” La Liga“Barselona”
Ispaniya chempionati 5-turining so’nggi o’yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Barselona – Granada 1:1  

«Kamp Nou»

Gol: Arauxo 90' – Duarte 2' 

Barselona – ter SHtegen, Dest, Arauxo, Erik Garsiya, Balde (Mingesa, 42), Serji Roberto (Lyuk de Yong, 46), Buskets (Puch, 75), de Yong, Koutino (Gavi, 60), Depay, Demir (Pike, 75).

Granada – Luish Mashimianu, Kini, Duarte, Abram, Eskudero (Neva, 46), Milya, Eteki (Montoro, 30), Monchu, Puertas (Gonalon, 67), Molina (Luis Suares, 67), Machis.

Ogohlantirishlar: Montoro (40), Gonalon (71), Mingesa (77), Luish Mashimianu (86), Monchu (87), Arauxo (88), Kini (88), Pike (90+3).

Bahs yakunlandi! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo’ldi. Keyingi o’yinlarda g’oyibona ko’rishguncha!

90+3. Hujum vaqtida raqibga nisbatan qo’pol o’ynagan Pike ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo’limning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo’shildi.

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Gabining havolatib uzatgan pasidan keyin Arauxo bosh bilan gol urdi – 1:1! 

Ispaniya chempionati 5-turining so'nggi o'yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

88. Maydonda janjal yuzaga keldi. Arauxo hamda Kini ogohlantirildi.  

87. Monchu qo’pollik ishlatgani uchun jazolandi.

86. "Granada" darvozaboni Luish Mashimianuga vaqtni cho’zayotgani uchun sariq kartochka ko’rsatildi. 

82. Hozir shunday pallaki, "Barselona" hujumida variantning o’zi yo’q. Kataloniyaliklar faqat Niderlandiya chempionatida ko’p gol urgan, "Sevilya" uchun 4 ta to’p kiritgan Lyuk de Yongga suyanishmoqda.

79. Zarbaaa!  Eeeh.  Depayning uzatmasidan keyin Lyuk de Yongning bosh bilan yo’llagan zarbasi aniq chiqmadi. 

77. Mingesa hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

75. "Barselona"da 2 ta o’zgarish: Buskets o’rniga Puch, Demir o’rniga Pike tushirildi.  

72. Memfis Depayning jarimadan yo’llagan zarbasi "jonli devor"ga tegdi.

71. Gonalon Demirni turtib yuborgani uchun chariq kartochka oldi. "Barsa" jarima zarbasi tepadi. 

67. "Granada"da 2 ta almashtirish: Molina o’rniga Luis Suares, Puertas o’rniga Gonalon tushdi.

63. Mingesaning ichkariga uzatmasi to’sib qo’yildi.

60. "Barselona"da almashtirish: Koutino o’rniga Gavi o’yinni davom ettiradi.

55. Malumotlarga qaraganda, Baldening almashtirilishiga uning o’yin vaqtida belida og’riq sezgani sabab bo’lgan.

Ispaniya chempionati 5-turining so'nggi o'yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

53. Serjino Dest to’pni jarima maydoni ichiga oshirdi. Yaxshi uzatma, biroq himoyachilar buni sezishgandi.

50. Bugungi o’yinga 27 097 tomoshabin kelgani aytilmoqda.

48. Yusuf Demir ichkariga yorib kirishga harakat qildi, biroq xavfli holat yuzaga keltira olmadi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. "Granada"da almashtirish: Eskudero o’rniga Neva maydonga tushdi.

46. "Barselona"da o’zgarish: Roberto o’rniga Lyuk de Yong tushirildi.

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+3. Zarba!  Serxio Buskets o’ng burchakni nishonga oldi. Noaniq.

45+1. Zarba!  Ronald Arauxo havodagi kurashda g’olib chiqib, zarba berdi, noaniq.

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo’shib berildi.

42. "Barselona"da almashtirish: Balde o’rniga Mingesa o’yinga qo’shildi.

40. Montoro taktik folga qo’l urgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

35. Depay Robertoga pas berdi, ammo u to’pni o’ziga bo’ysundirolmadi. Bu ishni "Granada" himoyachisi qildi va to’pni tepib yubordi.

33. "Barselona" to’p nazoratini qo’lga olib, raqibning xatosini kutyapti.

30. "Granada"da o’zgarish: jarohatlangan Eteki o’rniga Montoro tushdi.

28. "Kam Nou"da xushtakbozlik… chunki Eteki tufayli vaqt cho’zilmoqda.

26. Demir bilan kurash paytida Eteki oyog’ini jarohatlab oldi. Unga tibbiy yordam namoyish qilindi.

24. Roberto Depyni to’p bilan taminladi. Hujumda niderlandiyalik futbolchining yakka o’zi yuribdi. Uning zarbasidan keyin to’p tribunadan chiqib ketishiga oz qoldi. 

23. "Granada" qarshi hujumga qochib ketdi. Malum bo’ldiki, kataloniyaliklar jarima maydoni tarafda Machisning bir o’zi qoldirilgan.

20. Memfis Depay xavfli zarba yo’llash uchun ideal bo’lgan uzatmani amalga oshirdi, biroq himoyachilar sergak turishibdi.

16. Depay jarima maydoni ichida faollik ko’rsatib, kutilmaganda qoqilib tushdi. To’p shu tufayli maydondan chiqib ketdi.

15. Memfis Depay markaz tomon pas uzatdi, ammo himoyachilar sovuqqon o’ynab, to’pni uzoqlashtirishdi.

12. Zarba!  Molinaning zarbasi darvozaga aniq bormadi.

11. Puertas Baldedan oldinga o’tib ketdi va oyog’idan zarba qabul qilib oldi.

9. Frenki de Yongning ohista uzatmasiga Serjino Dest ulgurmay qoldi.

6. Dest xavfli uzatmani amalga oshirdi. Ammo himoyachilar ishonchli o’yin ko’rsatishdi.

4. "Kamp Nou"dagi ishqibozlar Duartening golidan so’ng xushtakbozlik qilishdi. Lekin bu gol urgan jamoaga nisbatan emas, balki "Barsa" manziliga qaratildi.

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Eskuderoning havolatib uzatgan pasidan keyin Duarte bosh bilan darvozani ishg’ol etib, hisobni ochdi – 0:1! 

Ispaniya chempionati 5-turining so'nggi o'yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

1. Machis ichkariga pas uzatayotganda to’p Garsiya orqali maydonni tark etdi. 

1. O’yin boshlandi! 

"Barselona" tarkibi

Ispaniya chempionati 5-turining so'nggi o'yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

– Bahs Toshkent vaqt bilan 00:00 da boshlanadi.

– Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Barselona" La Liga 5-turida o’z maydonida "Granada"ni mehmon qiladi. Mazkur o’yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Fikr bildirish