Bosh sovrin britaniyalik Kemeron Norriga nasib etdi. Dunyoning 13-raketkasi bo’lib turgan Norri hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingining 20-pog’onasidan joy olib turgan amerikalik Reylli Opelkaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Norri raqibini 7/6(1), 7/6(4) hisobida taslim etdi. 26 yoshli Kemeron 7 ta, 24 yashar Opelka esa 25 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennisilarning o’zaro uchrashuvlarida britaniyalik 3:1 hisobida oldinla boryapti.
Delray Beach Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Norriga 250 reyting ochkosi hamda 90,330 dollar mukofot puli keltirdi.