Xabar berganimizdek, “Stockholm ATP 250” musobaqasida ATP reytingida 249-o’rinni egallab turgan hamyurtimiz Denis Istomin ham o’z omadini sinab ko’rmoqda. Hozirgina mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning ilk uchrashuvini muvaffaqiyatli yakunladi.
Saralashda oltinchi raqam ostida saralangan Istomin imtiyoli yo’lanma asosida turnirga qo’yilgan, reytingning 511-pog’onasidan joy olgan shveciyalik Jonatan Mridxani 110 daqiqa davom etgan uchrashuvda qiyinchilik bilan mag’lub etdi – 2/6, 6/3, 6/4.
Endi Denis Istomin Stokgolm turnirining asosiy to’riga chiqish uchun saralashda ikkinchi raqam ostida harakat qilayotgan slovakiyalik Yozef Kovalikka qarshi kortga chiqadi. Dunyoning 135-raketkasi bo’lib turgan Kovalik bugun serbiyalik Danilo Petrovichdan 7/6(2), 7/6(6) hisobida ustun keldi.