Futbol

Italiya chempionati 16-turidan o’rin olgan uchrashuv yakunlandi.

65



Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

A Seriya. “Roma” o’z maydonida “Inter”ga yirik hisobda yutqazdi, SHomurodov to’liq o’ynadi

Teglar : 
RomaInter
Italiya chempionati 16-turidan o’rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Roma – Inter 0:3

Gol: 0:1 – 15 CHalxanoglu, 0:2 – 24 Jeko, 0:3 – 39 Dumfris.

22.00, «Stadio Olimpiko»

Roma – Ruy Patrisiu, Rojer, Smolling, Manchini, Kumbula (Bove, 61), Vinya, Mxitaryan, Veretu (Volpato, 90), Kristante, Zanolo, SHomurodov.

Inter – Xandanovich, Dumfris, D`Ambrozio, SHkrinyar, Bastoni (Dimarko, 76), Perishich, Brozovich, CHalxanoglu (Sensi, 83), Barella (Vidal, 59), Korrea (Sanches, 59), Jeko (Vesino, 76).

Ogohlantirishlar: Rojer (37), Barella (47), Manchini (63), Zanolo (75).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Roma" o’z maydonida "Inter"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Rimliklar bugungi o’yinda hech narsa qila olishmadi. Eldor SHomurodov esa uchrashuvni to’liq o’tkazdi.

90+1. "Roma"da o’zgarish: Volpato Veretu o’rniga maydonga tushdi.

90. Ikkinchi bo’limga 3 daqiqa qo’shib berildi.

86. ZARBA! Sensi Perishichning chap qanotdan uzatmasini to’xtatmasdan darvozaga "mixlab" qo’yishiga bir bahya qoldi. Zarba noaniq.

83. Mehmonlarda so’nggi o’zgarish: Sensi CHalxanoglu o’rniga o’yinga qo’shildi.

82. ZARBA! Zanioloning chap oyoqda yo’llagan kuchli zarbasi darvozaning yon tarafiga tegdi. Translyaciyadagilar gol deb o’yladi shekilli, 1-3 yozib qo’yishdi.

80. "Inter"da xavfli vaziyat yuzaga keldi, Dyumfrisning o’ng qanotdan uzatmasiga Sanches zarba berdi, to’p himoyachilarga tegib qaytdi.

78. Zaniolo Xandanovich bilan to’qnashib ketdi. "Roma" futbolchilari norozi kayfiyatda, biroq takroriy lavha qo’pollik buzilmaganini isbotladi.

76. "Inter"da o’zgarishlar: Jeko va Bastoni o’rniga Dimarko hamda Besino maydonga tushdi.

75. Zaniolo Brozovichni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

73. "Inter" yana bir xavfli hujum uyushtirdi. CHap qanotdan uzatmani Dyumfres markazdagi sherigiga oshirdi, biroq tanaffusda ustozidan rosa dakki eshitgan himoyachilar vaziyatni bartaraf etishdi.

Eldorning o’zini topolmasak ham suratini zo’rg’a topa oldik.

Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

70. Ikkala jamoa ham ikkinchi bo’limni rasmiyatchilik uchun o’tkazishayotgandek taassurot uyg’otmoqda.

66. Vidalga zarba bergani imkon berishmadi, aks holda chililik futbolchi chap oyoqda "bo’rilar"ni jazolashi muqarrar edi.

65. SHomurodov to’pga oxirigacha yugurmadi, natijada "Inter" futbolchilari to’pni saqlab qolishdi.

62. Manchini Sanchesga qarshi qo’pol o’ynagani uchun ogohlantirildi.

61. "Roma"da o’zgarish: Bove Kumbulani almashtirdi.

59. "Inter"da o’zgarishlar: Sanches va Vidal o’yinga qo’shildi, ular Barella hamda Korreani almashtirishdi.

57. "Roma" himoyachilari Korreaning zarba berishiga yo’l qo’ymadi. Hujumchi jarohat olgan ko’rinadi.

54. Vinyaning uzatmasiga SHomurodovning bo’yi jirafa tengi bo’lganda ham etmasdi.

53. Jekoga nisbatan qo’pollik ishlatildi. Bosniyalik hujumchi bugun "Roma"da bor alamim manim deya maydonda shiddatli harakat qilmoqda.

52. Veretuga nisbatan maydon markazida qoida buzildi.

50. Ikkinchi bo’limda SHomurodovni qidiruvga berishni istamasdik. Hozircha u yakka holda raqiblariga pressing uyushtirmoqda.

46. Barella jamoasi ogohlantirish borasida ham jamoasining ortda qolishini istamadi. Futbolchi qo’pollik uchun jazolandi.

Ikkinchi bo’lim boshlandi.

Joze amaki ikkinchi bo’limda CHo’st pichog’ini ishga solmasa bo’lmaydi, shekilli, albatta, yaxshi manoda)

Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Dastlabki taymda so’ng "Roma" har tarafdan ortda qolmayapti, rimliklar qo’pollik ishlatish va ogohlantirish byicha oldinda bormoqda.

Birinchi bo’lim yakunlandi. Tanaffusda "Roma" futbolchilariga futbol o’ynayotganlarini eslatib qo’yish kerak, aks holda mehmon jamoa futbolchilari to’purarlar poygasidagi natijalarini yanada yaxshilab boraverishadi.

45. Birinchi bo’limga 1 daqiqa qo’shib berildi.

44. CHalxanoglu to’rtinchi golni urgisi kelmadi, uning zarbasi noaniq ketdi.

42. SHomurodov o’ng qanotdan oldinga borib, markazdagi Zaniologa to’pni oshirdi, biroq Zaniolo darvoza tomomn zarba bera olmadi.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Dyumfris hisobni aytib bo’lmas darajaga olib kelmoqda. CHap qanotdan oshirilgan to’pni katta tezlikda kelayotgan Dyumfris uchib kelib boshi bilan zarba yo’llab, o’ziyam darvozaga kirib ketay ketdi. Hisob yiriklashdi.

Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

38. Rojer qarshi hujumda qochib ketayotgan raqibini o’tkazib yuborgisi kelmagani uchun ogohlantirildi.

37. "Roma" yaxshi hujum tashkillashtirgandi, yakunlovchi futbolchi topilmadi. Qaerlarda yuribsan, Eldor…

33. Nihoyat "Roma" hujum tashkil qildi, burchak zarbasidan yo’llangan zarbani zerikib o’tirgan Xandanovich egallab oldi.

31. ZARBA! CHap qanotdan oshirilgan to’pga tinib-tinchimas Jeko bosh bilan zarba berdi. To’pning darvozaga kirishiga santimetrlar etmadi. Morinyu shogirdlariga hujumga o’tmanglar deya ko’rsatma bergan chog’i…

29. Jeko chap oyoqda yana bir xavfli zarba yo’lladi, Patrisiu dastlab to’pni qaytardi, keyin esa uni ushlab oldi.

28. CHalxanoglu burchak zarbasidagi golini takrorlashiga bir bahya qoldi.

28. "Inter"ning hujumlariga qarab, qaysi jamoa ortda qolayotganini adashtirib qo’yayapman.

25. SHomurodov o’yin qoidasini buzdi. U ham voqealar rivoji bunday davom etishini kutmagandi.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Jeko sobiq jamoasi darvozasini ishg’ol qilmoqda. "Inter"ona kombinaciya va jarima maydonidagi faol  CHalxanogluning pasidan so’ng Eden Patrisiu qo’riqlayotgan darvozani to’p bilan savaladi.Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

21. Jeko o’z omadini sinab ko’rdi, noaniq. Biz narigi tomonga hujumlar bo’lishi tarafdorimiz birinchi bo’limda.

20. Bastoni maqtovlarimizdan erib ketdi shekilli, chap qanotdan tashkillashtirilgan hujumni ko’kka sovurdi.

19. SHomurodov boshlagan hujumni Zaniolo davom ettirdi, Mxitaryanga uzatilgan to’pni kamida 2 metr keladigan Bastoni qaytardi.

17. Dyumfris raqib jarima maydonida yiqilib tushibdi. Hammasi joyida, asabiylashishga o’rin yo’q.

15. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! CHalxanoglu burchak zarbasidan so’ng to’g’ri darvozani ishg’ol qildi. Patrisiu ham "ochko"sidan to’pni o’tkazib yubordi.Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

14. Mehmonlar burchak to’pi ishlab olishdi.

13. "Roma" futbolchisi belgilangan vaqtda autni amalga oshirmagani uchun raqib jamoaga to’p olib berildi.

10. Vinya raqibidan to’pni olib qo’yib, oldinga qarab ildamlashi, biroq uning zarbasi raqib mudofaa devoriga tegib qaytdi, vaholanki, chap qanotda SHomurodov ochilayotgandi.

Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

8. "Roma" da xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, Veretu o’ng qanotdan katta tezlikda oldinga bordi hamda markazdagi SHomurodovga to’pni etkazgandi, "Inter" himoyachilari hujumni bartaraf etishdi.

6. Mehmonlar o’ng qanotdan hujum tashkillashtirdi. Qanotdan uzatilgan to’p hech kimga tegmadi.

5. SHomurodov to’p uchun kurashda "Inter" himoyachisiga yutqazdi.

4. "Inter" tashabbusni o’z qo’liga olishga harakat qilmoqda. "Roma" esa hozircha hujumlarni bartaraf etishga shay turibdi.

1. ZARBA! SHomurodov ilk hujumni bosh bilan zarba yo’llash orqali boshladi. Zanioloning chap qanotdan uzatmasiga Eldor bosh bilan zarba berdi, biroq zarba kuchsiz va noaniq chiqdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Ayni damda A Seriyada kuchli beshlik quyidagicha ko’rinish olgan

Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Mana shu to’r o’zbekistonlik forvardning zarbalaridan titrashiga umid qilib qolamiz

Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"Roma" o’z maydonidagi so’nggi 11 o’yinning 10 tasida yutqazmagan

"Inter" oxirgi 12 bahsdan buyon gol urib kelmoqda

Jamoalar o’rtasidagi so’nggi 7 o’yinning 6 tasi durang natija bilan yakunlangan

Bugungi uchrashuvga ikkala jamoa ham yo’qotishlar bilan tashrif buyurdi, ayniqsa, mezbonlarda bu jihat yaqqol namoyon bo’ladi. Biroq yo’qotishlarning o’rnini maydondagi futbolchilar bildirmaslikka harakat qilishadi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Italiya futbolining yorqin bahslaridan birining guvohi bo’lib boramiz. Bugun uchrashuvni boshidan oxiragacha kuzatsangiz arziydi, sababi o’zbek tomoshabinlariga malum, Eldor SHomurodov asosiy tarkibda o’yinni boshlaydi.

Fikr bildirish