Futbol

Janjalkash Balotelli terma jamoaga qaytdi va Italiya terma jamoasi bosh murabbiyini hayratda qoldirdi

165

31 yoshida Marioga aql kirdimi?

Mario Balotelli har doim buyuk iste’dod egasi hisoblangan, ammo ortiqcha narsalar uni doimo o‘yindan chalg‘itadi. U mashg‘ulotlarda qatnashishni xohlamas, shovqinli ziyofatlar uyushtirdi va tez-tez tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi. Forvard qilgan ahmoqlik darajasini baholash uchun bir nechta faktlar yetarli.

“Inter” futbolkasini tashlab, ashaddiy raqib “Milan” safiga borib qo‘shildi

Janjalkash Balotelli terma jamoaga qaytdi va Italiya terma jamoasi bosh murabbiyini hayratda qoldirdi

Faoliyatining boshida Balotelli ko‘pincha maydonda “neradzurri” muxlislarining g‘azabini qo‘zg‘atardi. Uchrashuvlarning biridan keyin hujumchi shu qadar jahli chiqdiki, u dadillik bilan futbolkasini yirtib tashladi va maydonga tashladi. Tribuna ostidagi xonada bu “Inter” faxriysi Marko Materasi bilan mushtlashuvga olib keldi. Va teleko‘rsatuvlardan birida Balotelli mezbonlarning provokasiyalariga tushib qoldi va “Milan”ga o‘tib ketdi.

Franchesko Tottini ham jahlini chiqardi

Janjalkash Balotelli terma jamoaga qaytdi va Italiya terma jamoasi bosh murabbiyini hayratda qoldirdi

“Roma”ning afsonaviy hujumchisi har doim professionallik ramzi hisoblangan. Ammo xatto u ham Balotellining “nayranglariga” uchdi. O‘yin davomida Balotelli Tottiga: “O‘ynaysanmi yoki boladek harakat qilasanmi?”, dedi. Franchesko bunday beadablikka chiday olmadi, Marioni so‘kib, bor kuchi bilan uning oyog‘iga tepdi. Ehtimol, rimliklar sardori uchun bu uning faoliyatidagi eng yomon daqida bo‘lgandir.

O‘z uyini yoqib yuborgan

“Manchester Siti”da Balotelli butunlay aqldan ozgan futbolchi sifatida namoyon bo‘ldi. U yosh futbolchilarni so‘kardi, Rio Ferdinand bilan urishib ham ketgan. Birkuni o‘z uyidagi ziyofat chog‘ida Mario hammom oynasidan feyrverk otishga qaror qildi. Hammasi yomon yakunlandi: avval pardalar, keyin esa hujumchining butun uyi yonib ketdi. Yaxshiyamki, hech kim jabrlanmadi. Bu bilan solishtiradigan bo‘lsak, Mika Richards, Vincent Kompani va Jerom Boateng bilan mashg‘ulotlardagi janglar arzimas narsa bo‘lib ko‘rinadi.

Janjalkash Balotelli terma jamoaga qaytdi va Italiya terma jamoasi bosh murabbiyini hayratda qoldirdi

Hujumchi oxirgi marta 2016-2018 yillarda o‘z mamlakati terma jamoasiga jiddiy qiziqish bildirgan. U “Nissa” tarkibida 76 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shundan so‘ng “Marsel”da g‘alati davr bo‘ldi: 15 o‘yin, sakkizta gol va klub birdaniga shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

Fransiyadan keyin Balotellining faoliyati “Breshiya”da davom etdi. Futbolchi bu jamoaga ham katta foyda keltirdi (19 uchrashuvda 5 ta gol). Mashg‘ulotlarga muntazam ravishda qatnashmaslik shartnomaning muddatidan oldin bekor qilinishiga olib keldi.

Natijada Balotelli B seriyagacha yetib keldi. “Monza”dagi yaxshi o‘yini (14ta o‘yinda 6+1) bilan Mario hozirda o‘zi to‘p surayotgan Turkiyaning “Adana Demirspor” klubi e’tiborini tortdi. Hozirda u o‘zini ancha tartibga keltirgan va yaxshi o‘ynayapti, chunki Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini hujumchiga yana bir imkoniyat berishga qaror qilib, JCH-2022 yo’llanmasi uchun qiyin bahslarda uni yordamga chaqirdi. Dastlab, Shimoliy Makedoniya va keyinchalik ehtimoliy raqib Portugaliya bilan bo‘ladigan o‘yinlarda umimg jamoga yordami tegishi mumkin.

Janjalkash Balotelli terma jamoaga qaytdi va Italiya terma jamoasi bosh murabbiyini hayratda qoldirdi

Manchini bu kutilmagan harakatni quyidagicha izohladi: “Men Marioning termaga chaqiruvini imkonsizlikdan deb hisoblamayman. U so‘nggi paytlarda ajoyib texnika namoyish qilyapti. Asosiysi, uning jismoniy harakatlarini baholash. So‘nggi paytlarda biz buni ko‘rmay qoldik, shuning uchun uni yaqindan ko‘rganimiz ma’qul”, degan murabbiy.

Balotelli Italiya terma jamoasiga qaytdi va Manchini uchun “Wild Card” bo‘lishi mumkin. Yevropa chempionlari oldidagi vazifa nihoyatda qiyin – Shimoliy Makedoniyada qoqilib ketmaslik, keyin esa, Portugaliya va Krishtianu Ronalduni Jahon chempionatidan mahrum qilish.

Fikr bildirish