Futbol

JCH saralash. Eron – Iroq uchrashuviga muxlislar kirishiga ruxsat berildi

26

Eron o’z maydonida Iroq terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Avvalroq bu o’yinga muxlislar kiritilmasligi elon qilingandi, lekin bugun chiqqan xabarga ko’ra, ishqibozlarning stadionga kirishiga ruxsat beriladi. 

Faqat bir shart bilan. Yani, stadionga 10 ming nafardan ziyod muxlis kirishi mumkin emas. CHipitalar ham alohida sotuvga chiqariladi. Hozircha faqat 6 ming erkak va 2 ming ayol ishqibozlar uchun chipta tayyorlangan. Bu o’yinga shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino ham tashrif buyurishi kutilmoqda. 

Eslatib o’tamiz, guruhda Eron terma jamoasi 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o’rindagi Janubiy Koreya hisobida esa 14 ochko bor.

Fikr bildirish