Tennis

Jokovich o’z yurtidagi turnir sovrinini begona qilmadi

237

Bosh sovrin kutilganidek sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovichga nasib etdi. Serbiyalik tennischi bosh sovrin uchun kechgan uchrashuvda reytingning 255-pog’onasidan joy olgan slovakiyalik Aleks Molchanni 6/4, 6/3 hisoblarida mag’lubiyatga uchratdi.

Bir soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda 34 yoshli Jokovich 2 ta, 23 yashar Molchan esa 1 ta eys zarbasini ijro etdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Belgrade Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Novakka 250 reyting ochkosi hamda 78,795 evro mukofot puli taqdim etdi.

Fikr bildirish