Serbiyalik tennischi vaziyatdan chiqib ketish ilinjida, so’nggi chora sifatida sudga murojaat qildi. Lekin sud mavjud qonunga qarshi bormasa kerak. Mamlakat hukumati koronavirusga qarshi vakcina olmagan tennischilar Avstraliyaga kiritilmasligini qonunlashtirib qo’ygandi. Novak aynan shu sabab bilan Melburn aeroportida ushlab turilibdi.
“Novakning vizasi Avstraliya hukumati tomonidan bekor qilindi. Uni yaqin soatlarda mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi. Bu malumotni Australian Open turniriga bevosita aloqador o’nlab manbalar tasdiqladi. Ayni daqiqalarda Jokovich so’nggi umid ilinjida sudga murojaat qilgan”, – deyiladi xabarda.