Futbol

Joriy yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va franciyalik futbolchi Abdelae Diakite o’rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi.

217



Joriy yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va franciyalik futbolchi Abdelae Diakite o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi.

FIFA “Nasaf”ga transfer taqiqi belgiladi

Teglar : 
Nasaf FIFAtransfer taqiqi
Joriy yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va franciyalik futbolchi Abdelae Diakite o’rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi.

Unda ko’rsatilishicha, “Nasaf” futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

SHu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to’lovlarini 45 kun mobaynida to’lashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o’z vaqtida bajarilishi taminlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha taqiq qo’yilishi haqida ogohlantirish bergan.

Bugun FIFA 45 kunlik muddat yakuniga etganini inobatga olib, “Nasaf”ga transfer taqiqi qo’ydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni o’z safiga qo’shib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo’ladi.

"Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to’laydi 

Fikr bildirish