Futbol

YECHL. Guruh bosqichi yakunlandi. Kimlar pley-offga chiqdi, qaysi jamoalr Yevropa ligasida?

49

Chempionlar ligasida guruh bosqichi deyarli yakunlandi, Italiyada qor yog‘ishi sababli qoldirilgan bitta o‘yin bor (“Atalanta” – “Vilyarreal”). Turnirning pley-off bosqichidagi 16 ishtirokchidan 15 nafari allaqachon ma’lum. 

1/8 finaldagi birinchi savatchadan “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Ayaks”, “Real”, “Bavariya”, “Manchester Yunayted”, “Lill” va “Yuventus” joy oldi.

Ikkinchi savatchada yettita jamoa bor: PSJ, “Atletiko”, “Sporting”, “Inter”, “Benfika”, “Zalsburg” va “Chelsi”. Yana bir ishtirokchi qoldirilgan uchrashuv natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

“Leypsig”, “Portu”, “Borussiya Dortmund”, “Sherif”, “Barselona”, “Sevilya”, “Zenit” va “Atalanta” – “Vilyarreal” juftligidagi jamoalardan biri Yevropa Ligasiga tushib ketdi.

Fikr bildirish