Sayyoramizning to’rtinchi raqamli tennis malikasi Karolina Plishkova US Open turnirining uchinchi davrasida WTA reytingida 46-pog’onada borayotgan avstraliyalik Ayla Tomlyanovichni 6/3, 6/2 hisoblarida mag’lub etdi.
29 yoshli Plishkova 71 daqiqa davom etgan bahsda 20 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob esa Karolina foydasiga yiriklashdi – 6:1. Plishkova nimchorak finalda rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqadi.