Tennis

Katta tennis sport turini rivojlantirishning ustuvor vazifalari muhokama qilindi

46

Davra suhbatida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltaboev, Ilmiy ishlar va innovaciyalar bo’yicha prorektor Kamil Bayazitov, “Tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Kobiljon Usmanov, O’zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi va Osiyo tennis federaciyasi vice-prezidenti Iroda Tulaganova, Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori Samuk Abidovlar ishtirok etishdi.

Suhbatda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi keng qatlamini sport bilan, xususan, tennis bilan shug’ullanishga jalb etish va bu orqali jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash, ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o’tkazish, istedodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, katta sport sari etaklash, qolaversa, kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borish orqali sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 

O’zDJTSU matbuot xizmati

Katta tennis sport turini rivojlantirishning ustuvor vazifalari muhokama qilindi Katta tennis sport turini rivojlantirishning ustuvor vazifalari muhokama qilindi Katta tennis sport turini rivojlantirishning ustuvor vazifalari muhokama qilindi

Katta tennis sport turini rivojlantirishning ustuvor vazifalari muhokama qilindi

Fikr bildirish