Tennis

Kelishilgan o’yinlarda ishtirok etgan ikki tennischimiz chetlatildi. Ulardan biri umrbodga!

184

Gap Temur Ismoilov va Amal Sultonbekov haqida ketmoqda. Tennisda halollikni taminlash xalqaro Agentligi (ITIA) hamyurtlarimizning 2019 yildagi ishtiroklarini o’rganib chiqish asnosida ushbu ayblovni qo’ygan.     

Eng yomoni, O’zbekiston terma jamoasi azosi bo’lgan Temur Ismoilov endi qo’liga raketka ham ololmaydi. U umrbod tennisdan chetlatildi. Diskvalifikaciyadan tashqari, u 14 000 AQSH dollari miqdorida jarima ham to’laydi. Jazo 2021 yilning 21 iyulidan kuchga kirgan.

Amal Sultanbekov esa tennisdan 5 yilga chetlatildi va kamiga 8000 dollar jarima ham to’laydi. Uning jazo muddati ham 2021 yilning 21 iyulidan kuchga kirdi. Ismoilovning faoliyatidagi eng yuqori reytingi 397, Sultonbekovniki esa 1886-o’rin bo’lgan.   

Fikr bildirish