Bosh sovrin dunyoning 28-raketkasi, germaniyalik Anjelik Kerberga nasib qildi. Kerber sovrinni Germaniyadan tashqariga chiqib ketishiga yo’l qo’ymadi. U 1 soatu 24 daqiqa davom etgan final uchrashuvida reytingning 76-pog’onasidan joy olgan chexiyalik Katerjina Sinyakovadan ustun keldi – 6/3, 6/2.
Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida Kerber endi 5:1 hisobida oldinda bormoqda. Bad Homburg Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kerberga 280 reyting ochkosi hamda 23,548 evro mukofot pulini taqdim etdi.