Tennis in the Land turniri bosh sovrini estoniyalik Anett Kontaveytga nasib etdi. Dunyoning 30-raketkasi 5 daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda WTA reytingida 74-pog’onadan joy olib turgan ruminiyalik Irina-Kameliya Begudan ustun keldi – 7/6(5), 6/4.
Uchrashuv davomida 25 yoshli Kontaveyt 2 ta, 31 yashar Begu esa 5 ta eys zarbasini ijro etdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Tennis in the Land turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kontaveytga 280 ochko hamda 29,200 dollar keltirdi.