Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 14-raketkasi bo’lib turgan estoniyalik Anett Kontaveyt mezbonlar vakilasi, WTA reytingida 18-pog’onada borayotgan Simona Xalepni ortiqcha qiyinchiliksiz mag’lub eta oldi – 6/2, 6/3.
Bir soatu 11 daqiqa davom etgan uchrashuvda Anett 2 ta eys va 5 ta breykni amalga oshirdi. Simonada esa eyslar soni 3 ta, breyk-poyntlar soni 2 tani tashkil etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida Anett ilk bor Xalepdan ustun keldi – 3:1.
Klujdagi sovrin Kontaveyt uchun mavsumdagi to’rtinchi, faoliyatidagi beshinchisi bo’ldi. Bir haftalik mehnat unga 29,200 dollar hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi. Xalep esa o’z vatanidagi Transylvania Open turniridan 16,398 dollar va 180 ochko ishlab oldi.