Futbol

Kutilmagan burilish! Shomurodov yaqin vaqt ichida Turin klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin

223

O‘zbekiston terma jamoasi va «Roma»ning futbolchisi Eldor Shomurodov A seriyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin.

Rus manbalariga malum bo‘lishicha, «Torino» rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqishmoqda. Klub xo‘jayini zudlik bilan Andrea Belottiga o‘rinbosar topishi kerak. Italiyalik futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qildi va Turinni erkin agent sifatida tark etadi.

Bitimning barcha variantlari ko‘rib chiqiladi: ham ijara, ham to‘liq huquqli transfer.

Avvalroq OAVda Shomurodovga Germaniyaning birdaniga 2 ta klubi: «Leypsig» va «Xoffenxaym»dan qiziqish bo‘layotgani haqida bir qancha materiallar e’lon qilingan edi.

 

Fikr bildirish