Tennis

London turniri bosh sovrini Italiyaga yo’l oldi

221

Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning to’qqizinchi raketkasi, italiyalik Matteo Berrettini reytingning 41-pog’onasidan joy olib turgan britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqdi va qiyin g’alabaga erishdi – 6/4, 6/7(5), 6/3.

Uchrashuv davomida Matteo 19 ta, Kemeron esa 4 ta eys zarbani amalga oshirdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Londondagi muvaffaqiyatli ishtirok Matteoga 113,785 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. Norri esa 84,075 evro va 300 ochko ishlab oldi. Bu Berrettini uchun mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi beshinchi titul bo’ldi.

Fikr bildirish