Futbol

“Man Siti” “Real” yetakchisini nishonga oldi

29

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Manchester Siti”  qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu harakatni amalga oshirish uchun braziliyalikning agenti bilan bevosita bog‘langan. Manchester klubi Vinisiusni “Barselona”ga o‘tgan Ferran Torresga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Vinisius joriy mavsumda “Real” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikr bildirish