Tennis

Marin CHilich St.Petersburg Open g’olibi

379

Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 35-raketkasi bo’lib turgan xorvatiyalik Marin CHilich reytingda o’zidan etti pog’ona yuqorida turgan amerikalik Teylor Fritcga qarshi kortga chiqdi va raqibini uch set natijasiga ko’ra mag’lub etdi – 7/6(3), 4/6, 6/4.

Ikki soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Marin 12, Teylor esa 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 1:1. 

Sankt-Peterburgdagi muvaffaqiyatli ishtirok CHilichga 250 reyting ochkosi hamda 84,720 dollar mukofot puli keltirdi. Bu xorvatiyalikning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi 20-sovrin bo’ldi. Fritc esa bu turnirdan 150 ochko va 60,740 dollar ishlab oldi.

Fikr bildirish