Boks/MMA

Matchroom Boxing kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Murodjon Ahmadaliev hamda Ronni Rios o’rtasidagi jangning manzili va vaqtini aytdi.

12

Hamyurtimiz o’ziga tegishli kamarlarni 28 avgust kuni Los-Anjelesda amerikalik majburiy davogar Ronni Riosdan himoya qiladi. Avvalroq, “Matchroom Boxing” kompaniyasi 525 555 AQSH dollari evaziga ushbu jangni tashkil etish huquqini sotib olgandi.

Ushbu jang uchun shuningdek, Oskar De La Xoyya rahbarligidagi “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi ham qiziqish bildirgandi. Ular 503 ming dollarlik taklifni amalga oshirishgandi.  

Eslatib o’tamiz, IBF va WBA kamarlari sohibi bo’lgan Murodjon Ahmadaliev so’nggi jangini shu yilning aprel oyida Toshkentda sobiq chempion Ryosuki Ivasaga qarshi o’tkazib, yaponiyalik raqibini beshinchi raundda mag’lub etishni uddalagandi.

Fikr bildirish