“PSJ” hujumchisi, avvalroq “Barselona” safida to‘p surgan Lionel Messi va kataloniyaliklarning himoyachisi Jerar Pike o‘rtasidagi munosabat buzilgani haqida Onze TV3 telekanali xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, Pike Jordi Alba va Serj Busketslardan farqli o‘laroq, Messini “Barselona”da qolish imkoniyatini berish uchun maoshini kamaytirilishiga rozi bo‘lmagan, shu sababli, Messi Pikedan xafa bo‘lgan.
«Pikening so‘nggi shartnomasi uzaytirilishi uchun Messi uchun og‘riqli bo‘ldi, shu sababli, Leo g‘azabda. Leo Jerar xiyonat qilganini his qilmoqda, chunki Messi “Barselona”ni tark etgungacha Pike shartnomani uzaytirmadi. Messining fikricha, Pike uning ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shartnomani avvalroq uzaytirishi kerak edi», – deyiladi telekanal bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Messi «PSJ»ga 2021 yilning yozida erkin agent sifatida qo‘shilgandi.