Futbol

Messi Ronaldu bilan bo‘lgan qarama-qarshiliklar haqida gapirdi

12

PSJ hujumchisi Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan bo‘lgan qarama-qarshiligi haqida gapirdi. 

“Ronaldu “Manchester Yunayted”da avval o‘ynagan va klubdagi muhitni bilar edi. Shu sabab, u tezda klubga moslashib ketdi. Ronaldu  hech qanday muammoga duch kelmay, darrov gol ura boshladi. “Manchester Yunayted” Premyer-ligada kutilganidek yaxshi natija ko‘rsatmayapti, ammo bilamizki, APL qiyin liga. Dekabrdan keyin vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin.

Ronaldu bilan qarama-qarshilikni sog‘indimmi? Bir ligada o‘ynashni to‘xtatganimizga ancha bo‘ldi. Biz yakka tartibda ham, jamoaviy miqyosda ham kurash olib bordik. Bu biz uchun ham, muxlislar uchun ham juda chiroyli sahna bo‘ldi. Bu ajoyib xotira futbol tarixida qoladi”, – deya Messining so‘zlarini keltiradi “Marca”

 

Fikr bildirish