Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi instagramdagi layklar rekordini yangiladi.
34 yoshli futbolchi Argentinaning chempionligidan so‘ng kiyinish xonasida “Kopa Amerika” sovrini bilan tushgan fotosurat bir hafta ichida 20 milliondan ortiq layk to‘plagan.
Layklar soni bo‘yicha Messi «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o‘tib ketdi. Diyego Maradonaning vafotidan so‘ng Ronaldu o‘z instagramiga Maradonna birga tushgan fotosuratini joylaydi va u 19,8 million layk to‘plagan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Messi erkin agent maqomida, uning «Barselona» bilan shartnomasi yakuniga etdi. Xabarlarga ko‘ra, Leo Kataloniya klubi bilan yana 5 yillik shartnoma imzolagan.