Tennis

Miami Open. Karlos Alkaraz 1/16 finalda Marin CHilichni mag’lub etdi

202

Ispaniyalik Karlos Alkaraz turnirning uchinchi davra uchrashuvida xorvatiyalik Marin CHilichni 6/4, 6/4 hisobida mag’lub etib, 1/8 finalga yo’l oldi.

1 soatu 36 daqiqa davom etgan uchrashuvda jahonning 16-raketkasi bir marta qo’sh xatoga yo’l qo’ydi, ikkita eys zarbasini amalga oshirdi. ATR reytingida 23-o’rinni egallab turgan CHilich esa bir marotaba qo’sh xatoga yo’l qo’ydi, ikkita eys qayd etdi. Bundan avval tennischilar o’zaro bir marta to’qnash kelgan va o’shanda g’alaba CHilichga nasib etgan edi.

Alkarazning 1/8 finaldagi raqibi jahonning beshinchi raketkasi, greciyalik Stefanos Cicipas bo’ladi. 

Fikr bildirish