Futbol

Modern futbolda aylanayotgan pullar unda urilayotgan gollarga nisbatan ancha ko’p yoki katta.

14



Modern futbolda aylanayotgan pullar unda urilayotgan gollarga nisbatan ancha ko'p yoki katta.

Qarzdorlik masalasi. Kimlarning ahvoli og’ir?

Teglar : 
“Buxoro” “Andijon” “Bunyodkor”“Surxon”
Modern futbolda aylanayotgan pullar unda urilayotgan gollarga nisbatan ancha ko’p yoki katta.

Bu yaxshi. Lekin, pul bor joyda nima bo’ladi? Ko’ngilxushlik, maishat… E, uzr. Pul bor joyda qarzdorlik bo’ladi. Va ana shu qarzlardan ko’pchilik bedarak. Bugun turli manbalardan etib kelgan malumotlar asosida kichik ro’yxat shakllantirib, sizga ham darak berishga qaror qildik.

"Andijon" matbuot xizmati adashibdi…

3 yanvar kuni "burgutlar"ning rasmiy kanali jamoa yangi yilga qarzdorliksiz chiqqani to’g’risida yozgandi. Ammo bizdagi malumotlarga ko’ra, "Andijon" klubi o’tgan mavsum uchun ish haqlarini to’liq to’lashga ulgurmagan. O’z haqqini undirolmaganlar orasida klub matbuot xizmati "o’ta omadsiz transfer" deya tariflagan Muhammad Isaev, "hali futbolda katta ishlarga qodir bo’lmagan" Jasur Jaloliddinov ham borligi aytilmoqda. 

Qo’shimcha: 23 dekabr kuni "Andijon"ga transfer taqiqi qo’yilishi mumkinligi to’g’risida xabar berilgan ekan

Modern futbolda aylanayotgan pullar unda urilayotgan gollarga nisbatan ancha ko'p yoki katta.

"Surxon"ga transfer taqiqi qo’yiladimi?

"Surxon" klubining o’tgan yil jamoa tarkibida harakatlangan barcha futbolchilar oldida qarzlari borligi haqida aytgandik. Eshitishimizga qaraganda, ularning ayrimlari haqlarining undirib berilishini so’rab, O’FAning tegishli qo’mitasiga arz qilishga ham ulgurgan.

Qo’shimcha: 4 oktyabr kuni xabari berilgan Vladimir Bubanya bilan bog’liq muammo ham ayni paytda ochiq turibdi. Agar avvalgi va bo’lajak rahbariyati tezroq kelishib, jamoa manfaati uchun harakat qilishni boshlamasa, klubga FIFA tomonidan transfer taqiqi qo’yiladi. Bu esa klubning Pro ligaga "sho’ng’ishini" kafolatlaydi.

Modern futbolda aylanayotgan pullar unda urilayotgan gollarga nisbatan ancha ko'p yoki katta.

"Nurafshon", yo’g’-e, "Buxoro" haqida…

O’tgan mavsumda "Buxoro" sharafini himoya qilgan futbolchilarning bir necha nafari Futbolchilarning maqomi va o’tishi bo’yicha qo’mitaga murojaat qilib, klubdan moliyaviy qarzdorlik undirib berishni so’ragan. Bu masala tez orada hal bo’ladi.

Qo’shimcha: 23 noyabr kuni "Buxoro"ga FIFAdan xat kelgani haqida malumot bergandik. Unda Turkmanistonlik Raxat Japarovga to’lab berilishi kerak bo’lgan summa ko’rsatilgan. 

Modern futbolda aylanayotgan pullar unda urilayotgan gollarga nisbatan ancha ko'p yoki katta.

Darvoqe, "Buxoro"ning yangi rahbariyati jamoaning xalqaro aloqalar bo’yicha xodimini ishdan bo’shatib yuborgani haqida eshitdik. Demak, bu kabi ishlar hali uzoq davom etsa kerak.

"Bunyodkor"ning qizlardan qarzi bor

Gap 2020 yilgi mavsum uchun vada qilingan mukofot pullari haqida ketmoqda. O’sha yilda "Oltin dubl" qayd etgan "Bunyodkor-W" futbolchilari hamon rag’batlantirilmagan.

Eshitdik-da! "Bunyodkor" qizlariga vada qilingan pullar berilmayapti

Modern futbolda aylanayotgan pullar unda urilayotgan gollarga nisbatan ancha ko'p yoki katta.

P.s. O’zbek klublarining deyarli barchasi kimdandir qarzdor. Biz esa ustidan rasmiy shikoyat tushgan klublar haqidagina gapirdik. 

Aqrab Aliev

Superligadagi eng kuchli darvozabon kim? 

Fikr bildirish