Tennis

Monte-Karlo. Grigor Dmitrov Kasper Ruudni musobaqadan chiqarib yubordi

381

Jahonning ettinchi raketkasi, norvegiyalik Kasper Ruud turnirning uchinchi davrasida ATR reytingida 29-o’rinni egallab turgan bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqdi. 

1 soatu 33 daqiqa davom etgan uchrashuvda Ruud raqibiga 3/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi va turnirni tark etdi.

O’yin davomida 23 yoshli Ruud 2 ta eys, 2 ta qo’sh xato va 1 ta breyk qayd etdi. 30 yoshli Dimitrov esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirib, 3 bor qo’sh xatoga yo’l qo’ydi va 4 ta breykdan unumli foydalandi. Sportchilarning o’zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi, 1:1. 

Grigor Rolex Monte-Carlo Masters turnirining chorak finalida  Xubert Gurkach bilan to’qnash keladi.  Monte-Karlo. Grigor Dmitrov Kasper Ruudni musobaqadan chiqarib yubordi Monte-Karlo. Grigor Dmitrov Kasper Ruudni musobaqadan chiqarib yubordi

Fikr bildirish