Kanadalik Feliks Oje Monte-Karlodagi turnirning ikkinchi davra uchrashuvida italiyalik Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 44 daqiqa davom etgan uchrashuvda Feliks Lorencoga 2/6, 6/7 hisobida mag’lub bo’lib, turnirni tark etdi.
ATR reytingida to’qqizinchi o’rinni egallab turgan Oje to’pni o’yinga kiritishda uch marta xatoga yo’l qo’ydi, ikkita eys va bitta breyk qayd etdi. Jahonning 83-raketkasi Muzetti esa ikki bor qo’sh xatoga yo’l qo’ydi, bitta eys zarbasini amalga oshirib, uchta breyk-poyntdan unumli foydalandi. Ilgari tennischilar o’zaro ikki marta to’qnash kelgan va ikkisi ham bir martadan g’alaba qozongan.
Rolex Monte-Carlo Masters musobaqasining uchinchi davrasida Muzetti argentinalik Diego SHvarcmanga qarshi kortga chiqadi.