Tennis

Nadal vs Jokovich: Rim finalida kimning qo’li baland keldi?

342

Internazionali BNL D’Italia turniri bosh sovrin uchun bahsda dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich hamda uchinchi raketka, ispaniyalik Rafael Nadal o’zaro to’qnash kelishdi. Ikki soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Nadalning qo’li baland keldi – 7/5, 1/6, 6/3.

Finalda Nadal 3 ta eys, 3 ta breykni amalga oshirdi va bir bor qo’shxatoga yo’l qo’ydi. Jokovichda esa eyslar soni 5 tani tashkil etdi. Rafa o’zaro uchrashuvlardagi hisobni minimal darajaga qisqartirib oldi – 28:29.

Rimdagi muvaffaqiyatli ishtirok Rafael Nadalga 245,085 evro mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi. Jokovich esa Rimdagi ishtirokidan 145,000 evro va 600 ochko ishlab oldi.

Fikr bildirish