Madriddagi “Masters” yakunlariga ko’ra, WTA reytingining Top-10’ligida bir qator o’zgarishlar ro’y berdi. Musobaqa chempioni tunislik Ons Jaber jahonning ettinchi raketkasiga aylandi. CHexiyalik Barbora Kreychikova 2-o’ringa ko’tarilgan bo’lsa, belaruslik Arina Sabalenka o’z o’rnidan 4 pog’ona pastladi. Reytingni hamon 20 yoshli polshalik Iga Svyontek boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o’tgan haftadagi o’rnidan 49 o’rin yuqorilab, 214-o’ringa joylashdi. Akgul Amanmuradova reytingda 10 o’rin yuqorilagan bo’lsa, Sabina SHaripova 1 pog’ona pastladi.