Tennis

Nigina Abduraimovadan ajoyib yuqorilash. Tennischimiz WTA reytingida 49 o’rin ko’tarildi + POSTER

47

Madriddagi “Masters” yakunlariga ko’ra, WTA reytingining Top-10’ligida bir qator o’zgarishlar ro’y berdi. Musobaqa chempioni tunislik Ons Jaber jahonning ettinchi raketkasiga aylandi. CHexiyalik Barbora Kreychikova 2-o’ringa ko’tarilgan bo’lsa, belaruslik Arina Sabalenka o’z o’rnidan 4 pog’ona pastladi. Reytingni hamon 20 yoshli polshalik Iga Svyontek boshqarib bormoqda.  

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o’tgan haftadagi o’rnidan 49 o’rin yuqorilab, 214-o’ringa joylashdi. Akgul Amanmuradova reytingda 10 o’rin yuqorilagan bo’lsa, Sabina SHaripova 1 pog’ona pastladi. 

WTA reytingi. 9 may holatiga qo’ra:

1. (1) Iga Svyontek (Polsha) – 7061
2. (3) Barbora Kreychikova (CHexiya) – 5011
3. (2) Paula Badosa (Ispaniya) – 4720
4. (5) Mariya Sakkari (Greciya) – 4596
5. (6) Anett Kontaveyt (Estoniya) – 4446
6. (7) Karolina Plishkova (CHexiya) – 4152
7. (10) Ons Jaber (Tunis) – 3895
8. (4) Arina Sobolenko (Belarus) – 3721
9. (8) Daniel Kollinz (AQSH) – 3211
10. (9) Garbin Mugurusa (Ispaniya) – 3135

O’zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o’rni:

214 (263). Nigina Abduraimova – 316

578 (577). Sabina SHaripova – 71

686 (686). Akgul Amanmuradova – 48

1480 (1418). Milana Maslenkova – 5

1553 (1526). Sevil Yuldasheva – 3

1553 (1559). Larisa Bekmetova – 3

Fikr bildirish