Boks/MMA

Nihoyat, BAAning Dubay shahrida boks bo’yicha ko’rgazmali xarakterga ega shou kechasi o’tkazildi.

22

Oqshomning markaziy jangida afsonaviy Floyd Meyvezer o’zining amerikalik sobiq sparring-raqibi Don Murga qarshi ringga ko’tarildi. BAA prezidentining vafoti sabab sanasi ikki bor o’zgartirilgan jang to’liq sakkiz raund davom etdi. 

Jang o’rtacha tempda boshlandi. Bokschilar jeb zarbalar bilan almashishdi. Keyingi raundlarda beshta vaznda sobiq jahon chempioni tezlikni oshirdi. Mur ham bunga javob berishga urinib ko’rdi, ammo, deyarli hech narsa qila olmadi. Floydning total ustunligida o’tgan jang natijasi elon qilinmadi. 

Fikr bildirish