Mukofot jamg’armasi 53,120 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Columbus Challenger 80” musobaqasida hamyurtimiz Denis Istomin ham o’z imkoniyatini sinovdan o’tkazyapti.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi qura natijasiga ko’ra asosiy to’rning ilk davrasida saralash bosqich g’oliblaridan biri, germaniyalik Sebastyan Fanselovga qarshi kortga chiqdi va 7/5, 1/6, 6/4 hisobida g’alaba qozondi. Endi Denis ikkinchi bosqichda amerikalik Jenson Bruksbiga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, Bruksbi turnirning birinchi raketkasi bo’lish bilan birga ayni paytda ATP reytingida 58-o’rinni egallab turibdi. Jenson ilk davrada hamyurti Mishel Kryugerdan ustun kelgan.