Tennis

Novak Jokovich boshqarayotgan ATR reytingida Denis Istomin yana pastladi + POSTER

324

O’tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingning Top-10 ligida hech qanday o’zgarish kuzatilmadi. Serbiyalik Novak Jokovich reytingni boshqarib bormoqda. Rossiyalik Daniil Medvedev ikkinchi o’rinda. Kuchli uchlikni germaniyalik Aleksandr Zverev yakunlab turibdi. 

Yangilangan haftalik reytingda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin o’z o’rnidan 3 pog’onaga pastlagan bo’lsa, Humoyun Sultonov 5, Sergey Fomin 2 o’rin yuqoriladi. Eng kuchli pasayish Sanjar Fayzievda kuzatildi. U o’z o’rnidan 28 pog’ona pastladi.

ATP reytingi. 11 aprel holatiga ko’ra:

1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) – 8420 ochko
2. (2) Daniil Medvedev (Rossiya) – 8410
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) – 7195
4. (4) Rafael Nadal (Ispaniya) – 7115
5. (5) Stefanos Cicipas (Greciya) – 5980
6. (6) Matteo Berrettini (Italiya) – 4945
7. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) – 4380
8. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) – 4375
9. (9) Feliks Oje (Kanada) – 3625
10. (10) Kemeron Norri (Buyuk Britaniya) – 3440

O’zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o’rni:

296 (293). Denis Istomin – 164
433 (438). Humoyun Sultonov – 89
602 (574). Sanjar Fayziev – 44
786 (788). Sergey Fomin – 23
1178. (1181) Jo’rabek Karimov – 6

Fikr bildirish